Eshitish qobiliyati past boʻlgan 250 nafar bolaga koxlear implant oʻrnatiladi
SSV matbuot xizmati xabariga koʻra, yurtimizda onalar va bolalar, reproduktiv yoshdagi ayollar zarur dori vositalari bilan qoʻshimcha ravishda bepul taʼminlanmoqda.
Unga koʻra:
— 2023-yil respublika boʻyicha 6-23 oylik boʻlgan jami 1,2 mln. nafar bola mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlanadi;
— 2-10 yoshdagi jami 6,3 mln. nafar bolalarga gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar beriladi.
Bundan tashqari:
— Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 8,5 mln. nafar 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul taʼminlanadi;
— 5,9 mln.nafar 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarga polivitamin, temir va foliy kislotasi preparati bepul tarqatiladi.
Eshitish qobiliyati past boʻlgan 250 nafar bolaga koxlear implant oʻrnatiladi.
Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolani davolash uchun 120 milliard soʻmlik dori vositalari yetkazib beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring