Eshik qulflab ketilgan. Toshkentda ikki nafar bola yongʻin ichidagi uydan qutqarildi
Foto: Videodan kadr
“Millar” koʻrsatuvida aytilishicha, yongʻin yuz bergan xonadon egalari uyda 2 nafar yosh bolani yolgʻiz qoldirib, eshikni tashqaridan qulflab ketgan.
“7 yoshli bola oynadan tashqariga chiqib, pastga sakragan shu yerdagi aholi uni maxsus gilam orqali qutqarib qolgan. Ichkarida qolgan 5 yoshli bola esa qutqaruvchilar tomonidan olib chiqilgan”, deydi FVB matbuot kotibi Zuhriddin Qurbonov.
Qoʻshimcha qilinishicha, hayoti saqlab qolingan bolalar tibbiyot xodimlariga topshirilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.
Hodisa oqibatida xonadonning 20 metr kvadrat maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring