Ertaga Toshkentning ikki tumanida issiq suv oʻchadi
Foto: norma.uz
5-may kuni soat 8.00 dan 16.00ga qadar Mirobod tumani 6-Issiqlik markazidan chiquvchi magistral issiqlik tarmoqlarida kapital taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan quyidagi manzillarda vaqtincha issiq suv taʼminoti toʻxtatiladi.
Mirobod tumani:
Qoʻyliq 1, 2, 3, 4-mavzelari;
Yangi Qoʻyliq koʻchasi;
Yangi zamon koʻchasi;
Eski Sarakul koʻchasi;
Talimarjon koʻchasi.
Sergeli tumani:
Qoʻyliq 5, 6, 7-mavzelari.
“Keltirilgan ushbu noqulaylik uchun uzr soʻraymiz”, deyiladi "Toshissiqquvvati” DUK axborotida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring