Ertaga Shayxontohur va Olmazor tumanida ichimlik suvi oʻchiriladi
5-iyun kuni soat 21:00 dan 6-iyun kuni soat 17:00 ga qadar Shayxontohur tumani Beruniy koʻchasida 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida D-800 mm boʻlgan ichimlik suv tarmogʻida taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan ayrim manzillarda ichimlik suvi taʼminoti oʻchirilishi va suv bosimi pasayishi kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shayxontohur tumani:
- Markaz-26 da joylashgan koʻp qavatli uylar va korxonalar;
-1-sonli bolalar shifoxonasi;
- 242-sonli telefon tarmoqlari korxonasi (ATS) ;
- “Versal” toʻyxonasi;
- «Makro» supermarketi;
- Markaz-27 da joylashgan koʻp qavatli uylar va korxonalar;
- 35-sonli poliklinika ;
- Markaz-28 da joylashgan koʻp qavatli uylar va korxonalar;
- “Ilgʻor” MFY ;
- “Tinchlik” MFY
- Beruniy koʻchasi
Bosim pasayadigan manzillar:
- Tinchlik koʻchasi;
- “Tinchlik” tor koʻchasi;
Olmazor tumani:
- B-1 mavzesi;
- Ohakchi koʻchasi;
- Nurafshon koʻchasi;
- Niyozova koʻchasi;
- Farobiy koʻchasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring