Ertaga qanday ob-havo kuzatiladi?
Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keldi va bugun kun davomida shamol hamda yogʻingarchiliklar kuzatildi.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, ertaga, 21-mart kuni Fargʻona vodiysida momaqaldiroq bilan yomgʻir yogʻadi.
Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Toshkent viloyatida esa yomgʻir faqat kechasi va ertalab kuzatilishi ehtimoli bor.
Havo harorati 21-mart kuni 15-20 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring