Ertaga ob-havo qanday boʻladi?

20:17 01 Aprel 2020 Jamiyat
926 0

arxiv foto

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2-aprel kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 20-22 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер