Ertaga havo harorati qanday boʻladi?
arxiv foto
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +21...+23 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +22...+27 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻ hududlarida (1800 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring