Ertaga ayrim joylarda harorat 45 darajagacha issiq boʻladi

21:25 01 Iyul 2025 Jamiyat
306 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 2-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 37-39 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 39-44 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 40-45 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер