Ertadan Toshkent metrosining ikki bekati oraligʻidagi harakat vaqtincha toʻxtatiladi
Toshkent metropolitenining “Quruvchilar” va “Qipchoq” bekatlari oraligʻidagi metro harakati 8-iyun kunidan vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqida “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, Toshkent metropolitenining yer usti halqa yoʻnalishida profilaktika ishlari olib borilishi tufayli, “Quruvchilar” va “Qipchoq” bekatlari oraligʻidagi metro harakati shu yilning 8-iyun kunidan boshlab vaqtincha muddatga toʻxtatiladi.
Shuningdek, yoʻlovchilar tashish uzluksizligini taʼminlash maqsadida, ushbu oraliqda 1m-sonli avtobus yoʻnalishi tashkil etiladi. Yoʻnalish faoliyati soat 5:00 dan 23:00 gacha belgilangan boʻlib, ushbu avtobus yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.
“Yoʻnalishda 5 ta «King Long” rusumli avtobuslar 6 daqiqalik interval bilan harakatlanadi. Yoʻlovchilarni avtobuslarga chiqish va tushirish faqat metro stansiyalarida amalga oshiriladi», — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring