Erta turmush alkogolizmga qaramlik xavfini oshirishi mumkin
Illyustrativ foto
Xuddi shunday xulosaga AQSHning Virjiniya universiteti tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan tadqiqot yakunida kelindi.
Tadqiqot jarayonida ichlikka kuchli ruju qoʻygan 21-25 yoshgacha boʻlgan mingga yaqin insonlar ishtirok etishgan. Yakunda spirtli ichimliklarni haddan tashqari isteʼmol qilganlarning koʻpchiligi erta turmushga chiqqan yoki uylanganlar boʻlib chiqqan.
Bundan oldin ushbu sohadagi oʻtkazilgan tadqiqotlarning barchasida kattalarga eʼtibor qaratilgan. Ammo bu safargi kuzatuvlar yoshlarning erta turmush qurishi alkogolga boʻlgan moyilligini yana-da kuchaytirishini aniqlashga imkon bergan.
«Erta turmush qurgan yoshlar, ehtimolki, hayotning turli muammolari oldida bir-birlarini yaxshi tushunmaydi. Ayni shu jihat ruhiy holat ularni spirtli ichimliklarga, turli psixotropik vositalarga ruju qoʻyishiga olib kelishi mumkin», deyishmoqda tadqiqot mualliflari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring