Erondagi maktabga qilingan hujum oqibatida 160 kishi halok boʻldi — TIV
Eron Tashqi ishlar vazirligi janubiy Minab shahridagi maktabga qilingan hujum oqibatida 160 kishi halok boʻlgan boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Eronning Minab shahri hududida Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining harbiy bazasi joylashgan.
Shuningdek, AQSH hamda Isroil Eron hududidagi yana bir bino, Lamard shahrida joylashgan sport zaliga ham hujum qilgan. Oqibatda 15 dan ortiq odam qurbon boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring