Eronda pandemiya boshlangandan beri rekord darajada oʻlim yuz berdi
Foto: РИА Новости
Eronda yangi koʻrinishdagi koronavirusdan vafot etganlar soni bir sutkada 221 nafarga, yangicha tur bilan kasallanganlarning umumiy soni esa 12,3 mingga yetdi. Bu haqda Islam.ru xabar berdi.
“Mamlakatda yangi koʻrinishdagi koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 2079 ta holat kuzatildi, kasallanganlarning umumiy soni 250 458 nafarga yetdi”, deya maʼlumot berdi Eron sogʻliqni saqlash vazirligi.
Soʻnggi kunlarda Eronda kasallikdan vafot etganlar soni ortib, 221 nafar eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. Bundan oldingi rekord 200 kishini tashkil etgandi.
SSV bergan maʼlumotga koʻra, mamlakatda shu kunga qadar 212 176 kishi kasallikdan sogʻaydi. Aholining 1 897 803 nafari testdan oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring