Eronda ham “Telegram” messenjeri taqiqlandi
Eron sud organlari mamlakatda “Telegram” messenjerini blokladi. Ayni paytda bu davlatda ushbu tarmoqdan 40 milliondan ortiq kishi foydalanib kelayotgan edi.
Bu haqda “Reuters” axborot manbasi xabar berdi.
“Eron fuqarolarining “Telegram”ni qo‘llash bo‘yicha shikoyatlarini qabul qilib va xavfsizlik tashkilotining “Telegram”ning noqonuniy faoliyatiga yo‘naltirilgan talabidan kelib chiqib sud tizimi Eronda undan foydalanishni taqiqladi”, - deb yozadi manba.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring