Eron terma jamoasi yetakchisining mol-mulki musodara qilindi
Eron terma jamoasining bir necha yillik yetakchisi Sardor Azmundan mol-mulki musodara qilinmoqda. Bu haqida Eronning “Fars” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Eron hukumati qarori bilan milliy terma jamoa yetakchisi Sardor Azmunning mol-mulki musodara qilinmoqda. U sionistik rejim va AQSHning terroristik hukumati qoʻllab-quvvatlangan“, — deyiladi manba xabarida.
Maʼlumot uchun, Sardor Azmun oʻtgan hafta ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Dubay amiri bilan tushgan rasmini joylagani uchun terma jamoadan chetlatilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring