Eron parlamenti aʼzolari Oʻzbekistonga keldi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Joriy yilning 12-iyul kuni Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi M.Qolibof boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Yuqori martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov kutib oldi.
Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashishi, Samarqand va Buxorodagi tarixiy va meʼmoriy obidalarimiz, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarning asosiy qismi ertaga — 13-iyul kuni boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring