Eron olma mevasini Oʻzbekistonga eksport qiluvchi davlatlar ichida yetakchilik qilmoqda
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 9,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 22,4 ming tonna olma mevasi import qilingan.
Olma importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 ming tonnaga yoki 19,6 barobarga oshgan.
Oʻzbekiston 4 oy mobaynida eng koʻp olma mevasini import qilingan davlatlar:
— Eron – 15,2 ming tonna
— Polsha – 2,2 ming tonna
— Moldova – 1,5 ming tonna
— Ukraina – 1,8 ming tonna
— Turkiya – 732,6 tonna
— Xitoy– 523,6 tonna
— Qozogʻiston – 164,3 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring