Eron namoyishchilarga nisbatan oʻlim jazosini tayinlashni boshladi

00:50 18 Noyabr 2022 Dunyo
773 0

Illyustrativ foto

Eron Islom inqilobi sudi uch namoyishchini apellyatsiya berish imkoniyati bilan oʻlimga hukm qildi. Bu haqda “BBC Forsi” xabar bermoqda.

Adliya idoralariga koʻra, namoyishchilardan biri avtomashinada politsiyachini urib yuborgan va bir necha kishini jarohatlagan. Yana ikki namoyishchi huquq-tartibot xodimlariga qurolli hujum qilish va qasddan oʻt qoʻyishda ayblanmoqda. Eron hukumati ayblanuvchilarning shaxsini oshkor qilmagan.

Norvegiyaning “Iran Human Rights” inson huquqlari tashkiloti sud qarori qonuniy kuchga ega emasligi haqida bayonot berib, xalqaro hamjamiyatni Eron hukumati hukmni amalga oshirishga toʻsqinlik qilishga chaqirgan. Tashkilot soʻnggi ikki oy ichida Erondagi norozilik namoyishlari chogʻida 342 kishi halok boʻlgani haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Huquq faollarining qayd etishicha, qurbonlarning 43 nafari voyaga yetmaganlardir.

Avvalroq, BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi vakili Jeremi Lourens Erondagi namoyishchilarni ozod qilish zarurligini aytgan edi.

“Notoʻgʻri” hijob kiygani uchun politsiya hibsga olishi oqibatida vafot etgan Mahsa Amini oʻlimi ortidan mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер