Eron milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin
Futbol boʻyicha Eron milliy terma jamoasi joriy yil Shimoliy Amerika mintaqasida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida ishtirok etmasligi ehtimoli bor. Bu haqda Eron Futbol Federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj “Marca” nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, siyosiy va tashkiliy vaziyat sababli jamoaning musobaqada qatnashishi dargumon.
“Jahon chempionatida ishtirok etishimiz dargumon, biroq bu masalada yakuniy qarorni sport tashkilotlari rahbarlari qabul qiladi”, — deya fikr bildirgan federatsiya rahbari.
Maʼlumot uchun, “G” guruhidan oʻrin olgan Eron milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi barcha oʻyinlari Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring