Tadbirlarni soxta obroʻ orttirish, kimlargadir yaxshi koʻrinish uchun oʻtkazmaslik kerak — Erkinjon Turdimov
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyat Kengashining sessiyasida Nuroboddagi eski noutbuk masalasiga munosabat bildirdi.
— Mana shu masalani koʻtarib chiqqan jurnalist va blogerlarga rahmat. Bundan rahbarlar xulosa qilishi kerak. Tanqid qilgan odamni yomon koʻrish kerak emas, koʻtarilgan muammoni hal etishi lozim.
Tanlovni oʻtkazishga masʼuliyatsizlik bilan yondashgani uchun tuman hokimining yoshlar siyosatiga masʼul oʻrinbosariga dastlab hayfsan, berilgandi. Ammo kecha vazifasidan ozod etdik.
Bunday tadbirlarni soxta obroʻ orttirish, kimlargadir yaxshi koʻrinish uchun oʻtkazmaslik kerak, — dedi Erkinjon Turdimov ayni vaqtda oʻtayotgan viloyat Kengashi sessiyasida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq yuqoridagi tanlovda eski noutbuk sovg'a qilingani uchun hokim o'rinbosari ishdan olingani haqida xabar berilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring