Erdoʻgʻondan keyin Turkiya mudofaa vaziri ham “COVID-19” yuqtirganini maʼlum qildi

00:43 07 Fevral 2022 Dunyo
974 0

Foto: Global Look Press

Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar “COVID-19” yuqtirib olganini maʼlum qildi.

“Mening «COVID-19” uchun test natijasi ijobiy chiqdi. Sogʻligim yaxshi, zarur choralarni koʻrgan holda ishimizni davom ettirmoqdamiz», degan Akar.

Oldinroq, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon va uning rafiqasi “COVID-19”ning «Omikron» shtammini yuqtirgani maʼlum boʻlgan edi

Oʻz navbatida, Erdoʻgʻon kasallik yengil kechayotganini taʼkidladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер