Yer maydonlarini noqonuniy sotilishining oldi olindi

12:01 09 Iyun 2023 Jamiyat
586 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.U. va B.V. oʻzaro til biriktirib, “T.T.” MCHJga issiqxona qurish uchun uzoq muddatga ajratilgan yer maydonining 1,8 gektarini fuqaro E.M.ga firibgarlik yoʻli bilan 300 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilishib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. va boshqalar Oltinkoʻl tumanidagi “R.K.” fermer xoʻjaligiga qarashli 10 sotix yer maydonini fuqaro F.T.ga turar-joy qurish uchun 55 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Departamentning Toshloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar R.R. va A.K. fuqaro A.Q.ga Quvasoy shahri hududidan 8 000 AQSH dollari evaziga 9,6 sotix yer maydonini turar-joy sifatida rasmiylashtirib olib berishlarini aytib, shundan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер