Yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

16:02 16 Yanvar 2023 Jamiyat
604 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Navoiy shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.S. fuqaro D.H.ning ishonchiga kirib, unga 60 mln soʻmga Karmana tumani, “Xazora” MFY hududidan 12 sotix yer maydoni olib berishini aytib, shundan 50 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.P. va I.Q. fuqaro D.A.ga “Pahlavon” MFY hududidan 16 sotix yer maydoni olib berish evaziga 50 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Quvasoy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro Gʻ.T. fuqaro I.D.ning ishonchiga kirib, unga “Qoʻchqorchi” MFYdagi davlat zaxirasida boʻlgan 30 sotix yer maydonini 2022-yilning iyun oyida 30 mln soʻmga sotganligi aniqlanib, shundan 4 mln soʻmini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер