“Equinox” haydovchisi qidiruvda boʻlib chiqdi
2022-yil 22-iyul kuni soat 03:10 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Q.Siddiqov va M.Shirinovlar tomonidan, Sh.Rashidov koʻchasi boʻylab harakatlanib kelayotgan “Equinox” rusumli avtomobil toʻxtatilib, haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan N.Z.ning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, 2022-yil 6-aprel kunidan buyon qidiruvdaligi maʼlum boʻlgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro N.Z. Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring