Yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi qariyb 52 mingtaga oshgan

11:43 24 Iyul 2022 Iqtisodiyot
1291 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 160 523 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 51 743 taga oshgan.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

— Avtomobil benzini – 563 ming tonna;

— Koʻmir – 2,5 mln. tonna;

— Neft – 383,4 ming tonna;

— Gaz kondensati – 655,4 ming tonna;

— Yengil avtomobillar – 160 523 dona;

— Avtobus – 483 dona;

— Yuk avtomobillari – 2 166 dona;

— Avtomobil dvigatellari – 116,3 ming dona.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер