Yengil avtomobil eksporti qariyb 51 mln. AQSH dollariga oshgan

16:27 09 May 2021 Iqtisodiyot
1421 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-choragi davomida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 mln. AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln. AQSH dollariga oshgan. Oʻzbekiston yengil avtomobillari asosan Qozogʻistonga (8 468 dona) eksport qilingan.

Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

- Qozogʻiston – 82,6 mln.

- Ukraina – 1,5 mln.

- Afgʻoniston – 1,3 mln.

- Qirgʻiz R. – 963,3 ming

- Ozarbayjon – 444,7 ming

- Rossiya – 313,0 ming

- Tojikiston – 134,4 ming AQSH dollari

2021-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar:

“Cobalt” - 12 682 dona

“Damas” - 12 051 dona

“Lacetti-Gentra” - 8 399 dona

“Nexia T-250” - 6 958 dona

“Labo“ - 2 564 dona

“Spark” - 1 800 dona

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер