Energetika vazirligi binosida 240 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

19:32 29 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
604 0

Mazkur elektr stansiya orqali yiliga 432 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va natijada 144 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Ahamiyatlisi, ushbu stansiya kunduz kuni vazirlik binosini elektr energiyasi bilan toʻliq taʼminlaydi. Shuningdek, elektr energiyasining ortgan qismini hududiy elektr taʼminoti korxonasiga uzatish imkoniyati ham yaratildi.

Eslatib oʻtamiz, Energetika vazirligi binosining koʻcha chiroqlari ham toʻliq quyosh panellari orqali yoritilmoqda.

Maʼlumot uchun: joriy yil boshidan respublika boʻylab vazirlik, idora va mahalliy hokimlik bino-inshootlarida umumiy quvvati 32,6 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari va umumiy hajmi 472,8 ming litr boʻlgan quyosh suv isitish qurilmalari oʻrnatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер