Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Foto: president.uz
Ayni paytda Prezident poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yigʻilish oʻtkazmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asаdov xabar berdi.
Yigʻilishda Toshkent shahrining elektr energiyasi va tabiiy gazga ehtiyoji tobora ortib borayotgani taʼkidlanib, energetika masalalarini toʻliq hal qilish uchun barcha hisob-kitoblar qilingani aytildi.
Avvalambor, qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish zarur.
Shaharda kamida 2 ming megavattga yaqin quvvatli quyosh panellarini oʻrnatish mumkinligi qayd etildi. Bu ishlar bilan koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari, davlat idoralari va tadbirkorlik binolarining tom qismi, sanoat zonalari hududi, avtoturargohlar va yirik suv inshootlari hududini qamrab olish mumkin.
Bu choralar koʻrilsa, hisob-kitoblarga koʻra, 2023-yilda kutilayotgan 240 million kilovatt soatlik talabni 4 baravar ortigʻi bilan, yaʼni 1 milliard 80 million kilovatt soat hajmda taʼminlash imkoniyati paydo boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring