Endilikda zargarlik buyumlarini deklaratsiya toʻldirmasdan olib chiqish mumkin
Foto: Arxiv surat
Prezident Farmoni (PF–185-son, 31.10.2023-y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra:
jismoniy shaxslar qiymati 100 million soʻmgacha boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, 100 million soʻm va undan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishi mumkin.
Ilgari: qiymati 5 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgan.
Shuningdek, Hukumat qarori (283-son, 14.05.2020-y.) bilan tasdiqlangan nizomga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda maʼlumotlarni TSOYAEATga kiritmasdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring