Endilikda qishloq xoʻjaligi yerlariga boʻlgan ijara huquqini sotish mumkin

21:16 20 Yanvar 2024 Jamiyat
815 0

2024-yil 1-martdan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat etiladi.

Bunda:

— shartnoma boʻyicha huquq va majburiyatlar yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda oʻtkaziladi;

— ijaraga oluvchi yerga ijara huquqini oʻtkazishdan oldin undan kamida 3-yil, 2021-yilgacha hokim qarori bilan olgan boʻlsa, kamida 5-yil davomida oʻzi foydalangan boʻlishi kerak;

— ijaraga oluvchi auksion yoki ochiq elektron tanlov natijasiga koʻra boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qoʻshimcha toʻlov majburiyatlarini toʻliq bajargan boʻlishi shart;

— yuridik shaxslar oʻzlariga toʻgʻridan toʻgʻri ravishda ijaraga berilgan yer uchastkalarini ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab 5-yildan keyin boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер