Endilikda professional taʼlim oʻquvchilariga ham stipendiya berilishi mumkin
Professional taʼlim muassasalarida dual taʼlim shaklini joriy qilish imkoniyati kengaytiriladi va taʼlim jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi.
Dual taʼlim shaklini joriy qilgan eng yaxshi 100 ta professional taʼlim muassasasiga har yili 50 mln. soʻmdan mablagʻ ajratiladi.
Professional taʼlim muassasasi oʻquv-amaliyoti jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotishi mumkin.
Professional taʼlim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qoʻyilgan Prezident qarori loyihasida shu kabi koʻplab imtiyozlar koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring