Endi yuz million soʻmgacha mikroqarz olish mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.
— Mazkur qonun loyihasi bilan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga mikromoliyalashtirish faoliyati, deb eʼtirof etiladigan mikroqarz berishning eng yuqori miqdorini ellik million soʻmdan yuz million soʻmgacha oshirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda, — deydi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi Jahongir Abdurasulov.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksiga jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan mikroqarz yoki kredit boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov summasi agar qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmasa, mablagʻlarni, birinchi navbatda, mutanosib ravishda muddati oʻtgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy toʻlov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirish tartibi belgilanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring