Endi ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘zboshimchalik bilan qurilgan yoki qurilayotgan obyektlarni foydalanish uchun qabul qilishga ruxsatnoma berilmaydi
Joriy yilning 1 aprelidan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘zboshimchalik bilan qurilgan yoki qurilayotgan obyektlarni foydalanishga qabul qilishga ruxsatnoma berilmaydi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qurilish sohasiga oid ma’muriy Reglamentlarda qurilish ishlarini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda qurilish-montaj ishlarini boshlashi uchun obyektni ro‘yxatdan o‘tkazishlari shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibini amalga oshirilishi ham qat’iy belgilab berilgan.
«Yuqoridagilarni inobatga olib, 2024 yilning 1 aprelidan e’tiboran hududiy Inspeksiyalardan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan o‘zboshimchalik bilan qurilgan yoki qurilayotgan obyektlarni foydalanishga qabul qilishga ruxsatnoma berilmasligini ma’lum qilamiz.
Alohida qayd etish kerakki, aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlarini kelishishdan boshlab foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtirilgan» deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring