Endi qaysi kitoblar chop etilishini kitobxonlar aniqlaydi

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri Axborot-kutubxona markazlariga tashrif buyurgan kitobxonlar oʻrtasida “Men sevgan kitob” mavzusida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.
Mazkur soʻrovnomalardan koʻzlangan maqsad — bugungi kunda eng koʻp mutolaa qilinayotgan kitoblarni aniqlashdan iborat. Eng talabgor kitoblar roʻyxati har oy yakuniga koʻra shakllantiriladi hamda nashriyotlarga ularni chop etish boʻyicha buyurtmalar beriladi.
Soʻrovnoma haftaning seshanba kuni oʻtkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring