Endi Oʻzbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining 28-iyun kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasining muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Amaldagi qonunchilikda, xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish — BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Loyihaga koʻra, Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi sanksiyasidagi jazo choralari kuchaytirilmoqda.
Endi jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshirilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir yildan uch yilgacha kuchaytirilishi koʻzda tutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring