Endi islohotlarimiz yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz — Prezident
“Bularning barchasi – millati, tili va dinidan qatʼi nazar har bir yurtdoshimiz “qilsa boʻlar ekanku”, deb oʻz roʻzgʻori, oilasi misolida yurtimizda yuz berayotgan katta oʻzgarishlarni yaqqol sezayotganidan dalolat emasmi?
Konstitutsiyamiz loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha boʻlgan davrda oʻtkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab yurtdoshlarimiz faol va munosib ishtirok etdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz boʻldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Eng muhimi, endi islohotlarimiz yoʻlidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson – jamiyat – davlat”, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz!», — dedi davlatimiz rahbari.
Albatta, xalqimizning referendumdagi ovozi, bildirgan yuksak ishonchi barchamizga katta masʼuliyat yuklashi, el-yurtimizni rozi qilish uchun bizni yangi marralarga undashi, islohotlarni jadal davom ettirishda yanada katta kuch-gʻayrat va ilhom bagʻishlashi taʼkidlandi.
“Oʻzining yuksak fuqarolik burchini chin dildan ado etib, Asosiy qonunimizni qabul qilishda amaliy taklif va tashabbuslari, gʻoya va fikrlari bilan faol ishtirok etgan koʻp millatli, mard va olijanob xalqimizga taʼzim qilaman”, — dedi Prezident.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring