Endi fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borilmaydi
Foto: Illustrativ surat
2023-yilning 1-yanvaridan boshlab, ichki ishlar organlari faoliyatiga bosqichma-bosqich “E-patrul” tizimi joriy etilib, fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.
Shuningdek, barcha maʼlumotlar joyida planshet orqali tekshirilib, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati «bodikamera»dan foydalangan holda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring