Endi birlamchi tibbiyot muassasalarida 14 turdagi tibbiy hisob jurnallari yuritiladi — SSV
SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, endilikda amaliyotda quyidagi tibbiy hisob jurnallari yuritiladi:
— Shifokorning kundalik qabul jurnali;
— Akusher-ginekologning kundalik qabul jurnali;
— Shifokorlik maslahat komissiyasi xulosalarini qayd etish jurnali;
— Mehnatga layoqatsizlik varagʻini qayd etish jurnali;
— Muolaja xonasida qon namunalari olishni qayd etish jurnali;
— Fizioterapiya hamshirasining kundalik qabul jurnali;
— Asbob-uskunalarni zararsizlantirishga topshirish va qabul qilish jurnali;
— Oila hamshirasining kundalik faoliyat jurnali;
— Dori vositalari, diagnostikum, reaktiv va tibbiy buyumlarni miqdoriy hisobga olish jurnali;
— Muolajalarni qayd qilish jurnali;
— Yuqumli kasalliklarni qayd etish jurnali;
— Emlashni qayd etish jurnali;
— Oila pasporti hamda Laboratoriya tahlillarini qayd etish jurnallari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring