Elektrotexnika sanoatida eksportbop mahsulotlar soni 200 taga yetgan

17:21 26 Sentyabr 2022 Siyosat
853 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yoʻnalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari sohada erishilgan natijalarga toʻxtaldi.

Oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish - 4,5 baravarga (4 trilliondan 17 trillion soʻmga), eksport – 5 baravarga (117 milliondan 563 million dollarga) oshdi.

Yil yakunigacha eksport 750 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Eksportbop mahsulotlar soni 200 taga yetdi, Fargʻona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi 11 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqdi.

Bugungi kunda sohada 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Tarmoqda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni 2 baravarga, eksportni yanada oshirish reja qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер