Elektr va gaz borasida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal qilish uchun tunu kun ishlaydigan shtablar tashkil etildi
Foto: Халқ сўзи
Prezident Administratsiyasida joriy yil yakuni bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kutilayotgan natijalar va energetikadagi vaziyat boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda. Yigʻilishda videoaloqa orqali barcha hududlar rahbarlari ishtirok etyapti.
Administratsiya rahbari Sardor Umurzakov raisligida keskin tanqidiy ruhda oʻtayotgan yigʻilishda qish mavsumini betalafot oʻtkazish uchun masʼul mutasaddilar ishidagi jiddiy kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi, mavsumga tayyorgarlik ishlaridagi qoloqliklar, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish choralar tezkor qabul qilinmagani va umuman sustligi yuzasidan jiddiy eʼtirozlar bildirildi.
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib taʼminlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida kunu tun ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirildi.
Bu masalalar boʻyicha kunlik nazorat oʻrnatish uchun Prezident maslahatchilari va Bosh vazir oʻrinbosarlari har bir viloyat hokimiga biriktiriladigan boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring