Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.Y.” MFY hududida faoliyat yurituvchi baliqxonada hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 199,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon va Olmaliq shahar boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “Y.Sh.” MCHJ masʼul shaxslari “X.” MFY hududidagi qoʻp qavatli uylarning suv nasosi va yoritgichlarini, Olmaliq shahrida esa “Ya.B.” MFY va “A.” shirkati masʼul shaxslari suv nasosni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 113,7 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring