Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjud

17:23 02 Yanvar 2024 Jamiyat
285 0

Qonunchilikka koʻra, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.

Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini oʻrnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.

Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

Shuningdek, tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish oʻgʻrilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab boʻlishi belgilangan.

Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер