Elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq va Marhamat tumani boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YATT O.S., “M.A.” MCHJ masʼul shaxslari va “S.” fermer xoʻjaligi rahbari A.O. umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan tijorat maqsadida ulanib, jami 266,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahar va Qiziltepa tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “R.f.” MCHJ masʼul shaxslari hamda fuqarolar Z.K. va N.J. umumiy ovqatlanish shoxobchasi va noturar binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga ulab, jami 124,7 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring