Elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro D.О. yashash xonadonida hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida kompyuter oʻyinlari xizmatini tashkil etib, kompyuterlarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 177 mln soʻm elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Asaka tuman boʻlimi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sh.B.” fermer xoʻjaligi rahbari М.Sh. hech qanday hujjatsiz 2 ta suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 153 mln soʻm elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda Asaka tuman ETK muhandisi F.Y. fermer xoʻjaligi rahbari М.Sh.нинг ishonchiga kirib, elektr hisoblagich oʻrnatib berishi hamda hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 13 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Shahrixon tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya”va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “O.Sh.” fermer xoʻjaligi rahbari М.А. hech qanday hujjatsiz 2 ta suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 106 mln soʻm elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatli oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring