Eldor Shomurodov oʻz faoliyatini «Roma»da davom ettiradi

02:38 29 Iyul 2021 Sport
1692 0

Italiyaning «Jenoa» klubi aʼzosi boʻlgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov oʻz faoliyatini Rimning «Roma» klubida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira oʻzining «Tvitter»dagi sahifasida maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, oʻzbekistonlik hujumchi «Roma»ga ijara huquqi asosida koʻchib oʻtadi. Ijara shartnomasi futbolchini 16 mln. yevro evaziga sotib olish majburiyatini ham oʻz ichiga oladi. «Jenoa», shuningdek, Shomurodovning boshqa klubga transferidan foiz olishi maʼlum qilingan.

Oʻzbekistonlik legionerning shartnomasi 2026-yilgacha moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, hamyurtimiz 2020-yilda Rossiyaning “Rostov”  klubidan «Jenoa» safiga 7,5 mln. yevro evaziga borib qoʻshilgandi. Uning genuyaliklar bilan tuzgan kelishuvi 2024-yil yozigacha moʻljallangan edi. Oʻtgan mavsumda Eldor Italiya A seriyasi doirasida 31 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va bitti golli uzatmaga mualliflik qildi. Ayni paytda  Transfermarkt internet-portali Shomurodovning transfer narxini 7 mln. yevro deb baholamoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер