Ekoshaharda harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

12:04 06 Avgust 2024 Jamiyat
324 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi harbiy xizmatchilariga Fargʻona shahridagi Ekoshahar – “Yangi Oʻzbekiston” massivida bunyod etilgan 16 qavatli uylardan yangi xonadonlar kalitlari topshirildi.

Tantanali tadbirda Fargʻona viloyati hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari, viloyat IIB, Milliy gvardiyaning viloyat boʻyicha boshqarmasi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 20 nafar Milliy gvardiya hamda mudofaa ishlari boshqarmasining 20 nafar harbiy xizmatchilari yangi uylar bilan taʼminlandi. Nuroniylar, ota-onalar duoga qoʻl ochishdi.

— 2017-yilning 4-avgust kuni Milliy gvardiya tashkil topgan kun sifatida Yangi Oʻzbekiston solnomasida muhrlandi, — deydi Fargʻona viloyati boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi Shavkat Akbarov. — Bu yil ham ushbu sana katta tantana sifatida nishonlandi. Bugun yangi uylarga koʻchib oʻtish xodimlarimiz uchun qoʻshaloq shodiyona sifatida unutilmas kun boʻlib qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер