"Ekologiya va atrof-muhitni asrash, suv taqchilligining  oldini olish bundan buyon ham biz uchun dolzarb vazifa bo‘lib qoladi" — Shavkat Mirziyoyev

14:20 14 Iyul 2023 Siyosat
949 0

"Biz, hech shubhasiz, ekologik muvozanat, musaffo havo, toza suv, bezavol tabiat tarafdorimiz. Bu masala biz uchun boshqalarga qaraganda nihoyatda dolzarb va muhimdir. Nega deganda, biz dunyodagi eng katta ekologik ofat – Orol fojiasini bevosita o‘z boshidan kechirayotgan xalqmiz.

Shuning uchun hozirgi vaqtda respublikamizda bebaho eko-tizimni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlar,  jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga   oshirilmoqda. Biz kelgusida bu ishlarni yanada jadal davom ettiramiz.
 
Yangi quriladigan sanoat korxonalari loyihalarida bu masala bo‘yicha qattiq nazorat o‘rnatiladi. Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun ham barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz.

Ayni paytda biz faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak. Biz atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda, ishlab chiqarish industriyasi kuchli darajada rivojlangan davlatga aylanishimiz zarur" - dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер