Ekologiya davlat qoʻmitasi rahbari poytaxt tumanlaridan biridagi tagi betonlangan qaragʻaylar bilan tanishdi

13:37 04 Fevral 2022 Jamiyat
1016 0

Ekologiya davlat qoʻmitasi rahbari Yunusobod tumanidagi qaragʻaylar tagini betonlash holati bilan tanishdi. Ayni paytda daraxt osti betondan tozalangan.

Maʼlumotlarga koʻra, daraxtlar tagini beton bilan yopish poytaxtlik tadbirkorlardan biri tomonidan amalga oshirilgan.

Ekologiya davlat qoʻmitasi, Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda voqea joyida navbatchilik tashkil etib, kechayu kunduz kuzatuv oʻrnatildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер