Ekoaksiyada oʻn minglab koʻchatlar ekildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari olib borilmoqda. Boʻston tumanida oʻtkazilgan ekoaksiyada bir kunning oʻzida 10 ming tupga yaqin koʻchatlar oʻtqazildi.
— Buning uchun tumanimiz iqlimiga va tuproq sharoiti talablariga mos tushuvchi pavloniya, yasin, katalpa kabi manzarali va bir necha turdagi mevali daraxtlar koʻchatlari tanlab olindi, — deydi mehnat faxriysi Oyzoda Ismoilova. — Bugun ekkan nihollarimiz 4-5-yildan soʻng daraxtga aylanadi. Ulardan sanoat sohasida bemalol foydalansa boʻladi. Mevali daraxtlar orqali esa ichki bozorlarimizni xavfsiz qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash mumkin.

Bu kabi tadbirlar barcha shahar va tumanlarida davom etyapti. Zero, Andijon viloyatida joriy yilning bahor faslida 10 million tupga yaqin koʻchat ekish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring