Ekin ekish xarajatlari uchun fermerlarga 200 milliard soʻm va dehqonlarga 50 milliard soʻm ajratiladi

13:00 26 Avgust 2022 Siyosat
705 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Agrar sohadagi masalalarni hal qilish boʻyicha:

— yil yakuniga qadar 6 ming 620 gektar, kelgusi yilda 6 ming gektar paxta va gʻalla yerlarini qisqartirib, aholiga ijaraga berishni yoʻlga qoʻyish;

— ekin ekish xarajatlari uchun fermerlarga 200 milliard soʻm va dehqonlarga 50 milliard soʻm ajratish;

— suv taʼminotini yaxshilash maqsadida har bir quduqni burgʻilash va ishga tushirish uchun 15 million soʻmgacha subsidiya ajratish va boshqa moliyaviy koʻmak boʻyicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер