YEI davlatlari Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam koʻrsatishni davom ettirishga kelishib oldi
Foto: Reuters
Chexiyaning Praga shahrida oʻtkazilgan sammitda Yevropa Ittifoqiga aʼzo 27 davlatning rahbarlari Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam koʻrsatishni davom ettirishga qaror qildi.
“Biz Ukrainani qoʻllab-quvvatlashimizni yana bir bor tasdiqladik. Biz harbiy va moliyaviy yordam koʻrsatishni davom ettirish majburiyatini bildirdik”, deyiladi manbada.
Shu yilning 6-oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya” boshlangani munosabati bilan Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini tasdiqladi. Yangi chora-tadbirlar orasida Rossiya neftiga narxlarning yuqori chegarasini joriy etish, jismoniy shaxslarga nisbatan cheklovlar va bir qator mahsulotlarni olib kirishni taqiqlash kabilar joy olgan.
Avvalroq, Yevropa diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel Ukraina mojarosini diplomatik yoʻl bilan hal qilish shartini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, siyosiy blok Kiyevni qoʻllab-quvvatlashni oshiradi, biroq ayni paytda vaziyat imkon bersa, diplomatik yoʻl bilan yechim izlashga tayyor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring